Jamiyat | 16:07 / 14.12.2016
11057
2 daqiqa o‘qiladi

O‘n yoshli bola ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlab qo‘yilgani tufayli o‘z joniga qasd qildi

Rossiyaning Saratov viloyatida o‘n yoshli bolani “o‘z joniga qasd qilishga olib borish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda RF TQ hududiy boshqarma saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, otasi farzandining jasadini uyda aniqlagan. Taxminlarga ko‘ra, bola o‘z joniga qasd qilgan, shu bilan birga hech qanday maktub qoldirmagan. Tergovchilar uning tanasida hech qanday jarohatlarni aniqlamadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bola o‘z oilasi bilan viloyatning Ribushka aholi punktida yashagan. Ushbu voqeadan biroz avval esa ota-onasi unga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan. Ular shu yo‘l bilan farzandlarini bolalarni o‘z joniga qasd qilishga undovchi “o‘lim guruhlari” ta'siridan chiqarib olishmoqchi bo‘lgan.

Kun.uz izohi: Hurmatli ota-onalar! Xabar so‘ngida o‘z farzandlaringizga yanada e'tiborliroq bo‘lishingizni so‘rab qolgan bo‘lardik. O‘z bolangizning internet va undagi turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini jiddiy nazorat ostiga oling. Zero, bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar bir tomondan qulaylik tug‘dirsa-da, boshqa tomondan undagi turli bir qator zararli sahifalar ancha xavfli va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Farzandingiz tarbiyasi va kelajagi bevosita sizga bog‘liq ekanini unutmang! 

Mavzuga oid