Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intersok iste'molchilar va hamkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash tarmog‘ini ishga tushiradi
Ma'lumki, 2017 yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Bu esa har bir shaxsning ehtiyojlari diqqat markazida bo‘ladi, har bir murojaat eshitiladi, har bir masala o‘z yechimini topadi deganidir.
Mana shunday ajoyib tashabbus munosabati bilan Intersok kompaniyalar guruhi iste'molchilar murojaatini qabul qiluvchi qo‘llab-quvvatlash tarmog‘ini ishga tushiradi. Endilikda, agar sizning «Sochnaya dolina», Pro100 Sok, Viko, Musaffo, ForKids, LeVatti, «Xrustery» brendlari mahsulotlari bilan bog‘liq savollaringiz, shikoyatlaringiz yoki tilak va takliflaringiz bo‘lsa, u holda siz +99871 113-01-01 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz va ularni kompaniya mutaxassislariga bildirishingiz mumkin.
Intersok vakillarining ta'kidlashicha, qabul qilingan barcha murojaatlar 48 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Bu qo‘ng‘iroq kelib tushgan kundan boshlab, ko‘pi bilan ikki kundan keyin muammolar hal etiladi, savollar esa o‘z javobini topadi demakdir.
Savdo do‘konlari, dilerlar va distribyuterlar bilan ham ish olib boradi. Birgina telefon qo‘ng‘irog‘i mahsulotni yetkazib berish yoki savdo vakilining uzoq qolib ketganligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Kompaniyada savdo vakillari bilan ishlash va umuman hamkorlik jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflaringiz bajonidil qabul qilinishi ta'kidlanmoqda.
Qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i — bu nafaqat muammolarni tez hal qilishning professional yechimi, balki har bir xaridorning fikrini inobatga olib, sevimli brendlarni iste'molchiga yanada yaqinlashtirish usulidir.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:00 / 07.05.2024
Musaffo ochiq eshiklar kuni ketma-ketligini boshlab yubordi
17:03 / 31.01.2024
Mılk House kompaniyasi Musaffo brendi haqidagi faktlar bilan bo‘lishdi
17:54 / 22.12.2020
Sut mahsulotlari qimmatlashmoqda: sabab, vaziyat va oqibat
09:00 / 26.11.2018