«Barselona» Suares bilan shartnomani uzaytirdi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi muddatini uzaytirdi.
Endilikda 29 yoshli urugvaylik hujumchining kataloniyaliklar jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.
Shartnomada futbolchining istalgan vaqtda kelishuvni buzishi uchun belgilangan tovon puli 200 million yevro deb ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun, Suares «Barselona» uchun 116 uchrashuvda 97 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shu davr mobaynida u 8 sovrinni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

02:38
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

10:53 / 01.05.2025
YeChLda yana bir supero‘yin. «Barselona» va «Inter» jami 6 ta gol urishdi

15:45 / 30.04.2025