Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Facebook va YouTube ishlamay qoldi
16 dekabrda Qozog‘istonning butun hududi bo‘ylab ommaviy xorijiy internet-servislar ishlamay qoldi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.
Jumladan, Facebook, Google, Instagram va YouTube servislari ishlamayapti. Bu servislarning to‘satdan to‘silishi sababi noma'lumligicha qolmoqda. Qozog‘istonning Ostona, Olmaota, Qarag‘anda va Atirauda yashaydigan 4 nafar fuqarosining aytishicha, bu servislarga kirishga urinishda "qurilma o‘zini go‘yoki internetga kirish yo‘qdek tutmoqda va ularning to‘silishi haqida hech qanday ogohlantirish chiqmayapti".
"Qozog‘istonliklar orasida bu shoshilinch chora muxolif siyosatchi Muxtar Ablyazovning YouTube’da ko‘rsatiladigan intervyusi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmini bildirilmoqda", deb aytmoqda internet-nashr.
16 dekabrda Qozog‘istonda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
20:45 / 22.04.2025