Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messiga 500 million yevro to‘lashga tayyor jamoa topildi
Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» futbol klubi «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi. O‘yinchiga yiliga soliqlarni olib tashlaganda 100 million yevrolik maosh berilmoqchi, deb yozmoqda Tribuna.uz.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyun kuni o‘z yakuniga yetadi. Ispaniya OAV ma'lumotiga ko‘ra, «Barselona» Messiga ish haqi 35 million yevrolik yangi shartnoma taklif etish niyatida, biroq argentinalik unga imzo chekishni istamayapti.
Ma'lumot uchun, «Xebey Chayna Forchun» klubida Manuel Pellegrini bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. U avval Angliyaning «Manchester Siti» va Ispaniyaning «Real» jamoalarini boshqargan. Klub tarkibida bir qator taniqli futbolchilar to‘p suradi – ular orasida Gael Kakuta, Esekel Lavessi, Stefan Mbia va Jyervino bor.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025