Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milan shahri meri iste'fosiga korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi
Italiyaning Milan shahri hokimi Juzeppe Sala vaqtincha iste'foga chiqishi haqida bayonot berdi. OAVda «Ekspo-2015» Butunjahon ko‘rgazmasidagi korrupsiyaga oid jinoiy ishda bosh gumonlanuvchi ekaniga doir xabarlar paydo bo‘lgani Salaning shunday qaror qabul qilishiga sabab bo‘lgan.
«Men OAVdan «Ekspo»dagi korrupsiya bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi bo‘lishim mumkinligi haqida xabar topdim. Menda tergov jarayoni haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Shunga qaramay, men hokim lavozimini vaqtincha tark qilishga ahd qildim. Ertalab arizamni shahar hokimligiga olib boraman», — deb yozgan Sala Facebook sahifasida.
2015 yili Milan shahrida bo‘lib o‘tgan «Ekspo»da Sala Expo Spa kompaniyasida rahbarlik lavozimida bo‘lgan va 2013 yildan anjumanga tayyorgarlik ko‘rgan.
Italiya OAV xabarlariga ko‘ra, tergov tomoni shartnoma qiymatlarini oshirishni Salaning shaxsan o‘zi muvofiqlashtirganini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025