Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Ostonadagi yangi 70 metrli marmar haykalning ochilishida ishtirok etdi
Ostona shahrida Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligiga 70 metrli "Uly Dala Yeli" ("Buyuk dalalar mamlakati") haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haykal 2017 yilda EXPO xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadigan hududda qad ko‘tardi. Uning ochilish marosimi bugun, 16 dekabr kuni davlat rahbari Nursulton Nazarboyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
"Zamonaviy shahar bir necha markazga ega bo‘lishi kerak. Biz eski shahar, eski maydondan boshladik. Chap qirg‘oqqa o‘tib, shahrimiz ramzi bo‘lgan "Bayterek" haykalini o‘rnatdik. Keyin esa bunga "Kazak yeli" ("Qozoq eli") haykali, "Mangelik yel" ("Mangu el") triumfal arkasi qo‘shildi", - dedi Nazarboyev ochilish marosimida.

Nursulton Nazarboyev yangi haykal Qozog‘istonning eng rivojlangan 30 mamlakat ro‘yxatiga kirish yo‘lidagi harakatlari ramzi ekanini e'tirof etdi. U haykalning ko‘rgazma o‘tkaziladigan hududda o‘rnatilishi ramziy ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Zero keyingi yildan e'tiboran bu yerga ko‘rgazmani tomosha qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar tashrif buyuradi.
"Uly Dala Yeli"ning barpo etilishiga taxminan 3,5 oy vaqt ketdi. U qadimgi davrlardan mashhur bo‘lgan karrara marmaridan bunyod etildi. Manbaga ko‘ra, toshlarning umumiy miqdori - 1319 dona.
Ta'kidlash joizki, mazkur loyiha respublikada o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan. Uning muallifi - Yedil Alimbekov.

Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025