Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: AQShdagi saylovlarga aralashgan Rossiyaga nisbatan javob choralari ko‘riladi
AQSh prezidenti Barak Obama Vashington Rossiyaga qarshi choralar ko‘rishini ma'lum qildi. Bu saylov jarayoniga “aralashish” bilan bog‘liq.
"Mening fikrimcha, biz o‘zga mamlakat hukumati saylovlarimizga ta'sir ko‘rsatishga uringanida albatta choralar ko‘rishimiz kerak va buni amalga oshiramiz", - degan Obama NPR radiosiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh "o‘zlari tanlagan vaqt va yerda" javob qaytarishadi.
"Bulardan nimadir ommaga ma'lum qilinishi mumkin, nimadir esa – yo‘q. Janob Putin mening bu masaladagi fikrimdan yaxshi xabardor, sababi men u bilan bu haqda gaplashdim", - deya ta'kidlab o‘tdi Obama.
Ma'lumot uchun, AQSh razvedka hamjamiyati rasmiy vakillari oktabrda saylov tizimlariga hujum ortida rossiyalik xakerlar turganini ma'lum qilishdi. Keyinroq Markaziy razvedka boshqarmasi Moskvani OAV orqali Demokratik partiya serverlarini buzib kirishda aybladi. Bu Donald Trampga prezident bo‘lishida yordam berish maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda, Federal qidiruvlar byurosi bunday fikrlarga qo‘shilmadi. Oq uy esa keyinchalik saylov kunida xakerlarning hech qanday faolligi kuzatilmaganini tan olgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025