Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Malayziya podshohini tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad V Yang di-Pertuan Agong XV ni Malayziya podshohi sifatida taxtga o‘tirganligi munosabati bilan muborakbod etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aminmanki, O‘zbekiston va Malayziya orasidagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamda tobora mustahkamlanib borayotgan keng qamrovli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalari do‘st xalqlarimiz ravnaqi yo‘lida bundan keyin ham izchil rivojlanaveradi», — deb ishonch bildiriladi davlat rahbari maktubida.
Shavkat Mirziyoyev a'lo hazratlariga uzoq umr, sihat-salomatlik va faoliyatida ulkan zafarlar, birodar Malayziya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025