Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 56,7 foizga to‘g‘ri kelmoqda
2016 yil 16 dekabr kuni Toshkentdagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ko‘magida xorijiy elchixonalar hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik vakolatxonalarning vakillari ishtirokida mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaratishda hamda sarmoyaviy faollikni oshirishda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yoritilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda qayd etildiki, chet ellik investorning pul shaklidagi ulushi kamida 5 million AQSh dollarini tashkil qilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokida qayta tashkil etilayotgan korxonalar soliq qonunchiligi o‘zgargan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtidan 10 yil davomida yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq, qo‘shimcha qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar va xizmatlar savdosi bo‘yicha aylanma), mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga solinadigan soliq, yagona ijtimoiy soliq, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l fondi va Ta'lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash Fondiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasida amal qilgan me'yorlar va qoidalarga asosan qo‘llash huquqiga ega.
Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini besh yil mobaynida qo‘llash huquqi beriladi. Mazkur imtiyoz investitsiya qilingan mablag‘ qiymatidan qat'i nazar xorijiy investitsiyalarga ega barcha korxonalarga ta'sir qiladi.
Aytish kerakki, biznesni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi bugungi kunda 56,7 foizga, mazkur sohada jami sanoat mahsulotlarining 43,8 foizi, eksport 31,8 foiz, sarmoyalarda 38,3 foizga yetgani ish bilan band aholining 77,8 foizdan ortig‘i, ushbu tarmoqda mehnat qilayotgani bunng yorqin tasdig‘idir.

Mavzuga oid
16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
16:06 / 30.04.2025
Xonanda Dilfuza Ismoilovani chuv tushirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
19:21 / 29.04.2025