Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashni xalqi ko‘magida davom ettiradi
Turkiyadagi so‘nggi terrorchilik xurujlari mintaqa, ayniqsa, Suriya va Iroqdagi vaziyat bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, qo‘poruvchiliklarga iqtisodiyotdagi tebranishlar ham asos bo‘lmoqda, deb ishonch bildirmoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Bugun, 17 dekabrda Kaysari shahrida sodir etilgan teraktga munosabat bildirgan davlat rahbarining ta'kidlashicha, terrorchilik tashkilotlariga qarshi ayovsiz kurash turk xalqi yordamida davom ettiriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qo‘poruvchilik aktlari 79 mlnlik Turkiyaning har bir fuqarosi, xususan, armiya va politsiyaga qarshi qaratilgan.

«Terrorchilik tashkilotlari Turkiya qarshi birlashmoqda. Ayniqsa, barcha zaxiralaridan foydalanayotgan KIP terrorchilari faollik ko‘rsatmoqda. Ushbu xurujda ham aynan Kurdiston ishchi partiyasi aybdor. Hammasi ochiq oydin bo‘lmoqda, ular Turkiyani zaiflashtirishni va sa'y-harakatlarini boshqa tomonga yo‘naltirishni xohlamoqda», -deb qayd etgan prezident.
Kaysari shahridagi Erjiyes universiteti yaqinida sodir etilgan qo‘poruvchilik oqibatida, Turkiya Bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, 13 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 48 nafari yaralangan. Minalashtirilgan avtomobil avtobusga borib urilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025