Qozog‘istondagi internet uzilishlariga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Qozog‘istonda ayrim saytlar va ba'zi ijtimoiy tarmoqlarga ulanishdagi uzilishlarga operatorlar tarmog‘ida yuz bergan avariya holatlari sabab bo‘lgan. Bu haqda, respublika axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Arsen Bektasov RIA “Novosti” agentligiga ma'lum qilgan.
Qozog‘istondagi internet-foydalanuvchilari 16 dekabr kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kirishda muammolarga duch kelgan. Statsionar va mobil qurilmalarda Facebook, Instagram, Twitter, Vkontakte, YouTube kabi xizmatlar yuklanmagani xabar qilingan edi. Internetga ulanishdagi nosozliklar respublikaning turli hududlarida kuzatilgan. Mamlakatdagi yirik aloqa operatorlari internetga ulanishda nuqsonlar mavjudligini tasdiqlagan va bu holatni texnik ishlar bilan izohlagan. 17 dekabrga kelib, barchasi tiklangani ma'lum qilingan.
"Kecha telekommunikatsiya aloqa operatorlari tarmog‘ida avariyali uzilishlar ro‘y berdi, u tunda bir necha soat ichida bartaraf etildi", — degan Bektasov.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024