Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga kirish pullik bo‘ladi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi “Yo‘l harakatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. U shaharga pullik kirishni nazarda tutadi.
Hujjatga ko‘ra, mahalliy va hududiy hukumatga shaharning ma'lum bir qismida transport harakatini cheklash yoki butunlay taqiqlash huquqi beriladi. Shuningdek, bu hududga kirib kelayotgan avtomobil haydovchilaridan kirish haqi ham olinishi mumkin.
Hukumat bunday qonun loyihasini qabul qilish yo‘l harakatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, degan fikrda. Taxminlarga ko‘ra, shaharning ma'lum bir hududlariga kirish haqi belgilangan soat yoki kunlarda olinishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, jamoat transportining maxsus yo‘nalishlarini ochish ham rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025