OAV: Birmingem qamoqxonasida 600 nafarga yaqin mahbus qo‘zg‘olon ko‘tardi

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi xususiy qamoqxonalardan birida saqlanayotgan 600 ga yaqin jinoyatchi isyon ko‘targani haqida Sky News telekanali o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu hodisada 3 nafar mahbus jabrlangan, ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Bundan tashqari, qamoqxona hududida yong‘in yuz bergani ham xabar qilingan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, axloq tuzatish muassasasida saqlanayotganlardan bir guruhi qo‘riqchilarning biridan kalitlarni olib qo‘ygach, qo‘zg‘olon boshlanib ketgan. Ular mashg‘ulotlar xonasi va qo‘riqchilar jihozlari turadigan xonani egallab olishgan.
Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, Britaniya politsiyachilari Birmingem qamoqxonasidagi nazoratni o‘z qo‘llariga olishga muvaffaq bo‘lishgani haqida BBC telekanali xabar qildi.
Telekanal maxsus otryadlar 12 soat o‘tgach, isyonni bostirishning uddasidan chiqishganiga oydinlik kiritgan. Mahbuslardan biri jag‘i sinishi oqibatida shifoxonaga olib kelingan.
Ayni vaqtda, qamoqxonaga yetkazilgan zarar o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025