Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Kaysaridagi portlashga aloqadorlikda gumon qilinib yetti kishi qo‘lga olindi
Turkiyaning Kaysari shahrida ro‘y bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib yetti kishi qo‘lga olindi. Hodisa kamida 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, deb xabar berdi Turkiyaning Milliyet gazetasi mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu bayonotiga asosan.
Vazirning xabar berishicha, yana besh kishi qidiruvda. U 13 kishi halok bo‘lgani, 56 nafar inson jarohat olganini tasdiqladi.
Portlash shanba kuni mahalliy vaqt bilan 08:45 da Erjiyes Universitetiga kiraverishda sodir bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, xudkush portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobilda bekatda to‘xtab turgan avtobusga borib urilgan. Unda esa asosan harbiy xizmatchilar bo‘lgan.
Turkiya prezidentining avval tarqatilgan bayonotiga ko‘ra, Kaysaridagi teraktga Kurdiston Ishchi partiyasi aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025