Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jinoyatchilarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beruvchi kompyuter tizimi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish davom etmoqda. Uning doirasida mamlakatda huquqbuzarliklarni nazorat va tahlil qilish bo‘yicha yangi tizimni amalga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV qoshidagi Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasi rahbari Tohiriddin Najimov xabar berdi.
Yangi tizim nafaqat kameralar yordamida ro‘y bergan jinoyatlarni kuzatish va yozib olish imkonini beradi. Uning asosiy maqsadi – sodir etilayotgan jinoyatlarni avtomatik rejimda tahlil qilib borishdir. Bu jinoyatchi qayerdan kelganini va qayerga ketganini bilib olish imkonini beradi.
“Loyihani amalga oshirish davom etmoqda. Bugungi kunda ishning 60 foizi yakunlanib bo‘ldi. Mutaxassislar bizga qaysi funksiyalar kerakligini hal qilmoqda. Nafaqat kuzatish va yozib olish kerak, balki butun jarayon muhimdir. Masalan – xonadonga o‘g‘irlikka tushishgan bo‘lsa, mutaxassislar bor ma'lumotni olishlari kerak – kim kirdi, qachon kirdi va qayerga ketdi. Dastur barcha harakatlar tahlilini o‘zi bajarishi kerak”, - deya aytib o‘tgan Najimov.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkentda ushbu tizim uchun zamonaviy serverlar xarid qilingan. Bu esa bugungi kunning o‘zidayoq bu ishni amalga oshirish imkonini beradi.
“Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak: Toshkentda bu ish 12 foizga bajarildi. Samarqandda – 25, Qashqadaryoda – 30 foizga qadar bitirildi. Har kuni uning qamrov doirasida kengayib bormoqda. U taxminan 5 yildan so‘ng butunlay ishga tushiriladi”, - deya aytib o‘tgan u.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025