Jahon | 16:05 / 18.12.2016
73201
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng faqir davlat prezidenti

Suratda qishloqda yashovchi oddiy nafaqaxo‘r emas, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy tomondan eng rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lmish Urugvayni 2010-2015 yillarda boshqargan prezident o‘z uyidagi oshxonasida tasvirlangan.

Xose Alberto Muxika Kordano – Urugvayning sobiq prezidenti. Uning turmush tarzi dunyo yetakchilarining hayot tarziga mutlaqo o‘xshamaydi. 78 yoshli El-Pepe (mahalliy aholi unga shunday nom bergan) prezidentlik maoshining deyarli barchasini xayriya ishlariga sarflagan va bu uni dunyoning eng kambag‘al yoxud eng saxiy prezidentga aylantirgan. 

Urugvay prezidenti har oy 263 000 peso (9 229 AQSh dollari) ishlab topgan. U 26 300 pesoni o‘ziga qoldirib, qolganini xayriya ishlariga yo‘naltirgan. 

Prezident shohona uylardan voz kechib, qishloqdagi kichik uyda istiqomat qilib keladi. U ko‘chadagi quduqdan suv oladi va rafiqasi bilan o‘z tomorqasida gul yetishtiradi. 

Xose Muxika partizanlar harakati ishtirokchisi bo‘lgan, bir necha jarohatlar olgan, umrining 14 yilini harbiy qamoqxonalarda o‘tkazgan. Muxikoning prezidentlik davridagi eng yirik xaridi - 1987 yilda ishlab chiqarilgan, 1945 dollarlik «Folksvagen Juk» avtomobili. 

Mavzuga oid