Foto: Mourino o‘yindan keyin futbolchilardan muxlislarga Rojdestvo sovg‘asi berishni so‘radi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 17-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin futbolchilardan o‘z futbolkalarini safar o‘yiniga tashrif buyurgan jamoa muxlislariga sovg‘a qilib berishni so‘ragan.
«Men ularga shunday dedim, axir tez orada Rojdestvo. Muxlislar uchun futbolchilarning o‘yinda kiyilgan futbolkasi juda qadrli bo‘ladi. Afsuski, barcha muxlislarga ham futbolkalar yetmaydi, ammo kim bu sovg‘alarga erishgan bo‘lsa, ular juda baxtiyor bo‘lishadi.
Futbolchilar uchun bu oddiy futbolka. Ular o‘yindan keyin futbolkalarni ma'muriyatga topshirishadi yoki raqib futbolchilar bilan almashishadi. Muxlislar esa bu futbolkalarni avaylab asrashadi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan BBC.
Manchesterliklardan Ibrahimovich, Reshford, Runi va Pogba o‘z futbolkalarini muxlislarga ulashgan.
Mavzuga oid

15:37 / 13.12.2021
Rojdestvo mojarosi. Jonsonning reytingi qulamoqda

12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu

08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi

23:01 / 25.03.2019