«Aviaport» tasnifi bo‘yicha eng qulay aviakompaniyalar ro‘yxati e'lon qilindi
Rossiyaning «Aviaport» soha konsalting agentligi «Rossiya osmonidagi xizmat» nomli reytingini e'lon qildi. U 12ta Rossiya va 8ta xorijiy aviakompaniyalar xizmat sifatini baholashning o‘z uslubi asosida tuzilgan ro‘yxatini aks ettiradi. Tadqiqot maxfiy yo‘lovchi uslubida olib borilgan. Shu maqsadda, «Aviaport» 84 marta ushbu aviakompaniyalar xizmatidan foydalangan hamda 80ta ko‘rsatkich bo‘yicha ball berish yoki olish bilan baholashgan.
Umumiy reytingda eng yuqori besh yulduzni Emirates kompaniyasi olgan. U 3-7 soatlik parvozlar toifasida ham eng yaxshisi deb tan olingan. Tahlilchilar, barcha aviakompaniyalarning turli uzoqlikdagi parvozlarni amalga oshirgani va ulardagi xizmat sifati parvoz davomiyligiga bog‘liq bo‘lganini qayd etishgan. 2015 yilda aviakompaniya xizmatidan dunyo bo‘yicha 51,9 mln kishi foydalangan.
«Aviaport» Turkish Airlines aviakompaniyasiga 4,5 ball qo‘ygan. Turkiya aviakompaniyasi Rossiyaning 10ta shahridan parvozlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Turkish Airlines 7 soatdan ortiq davom etadigan parvozlar segmentida yetakchi ekani qayd etilgan. 2015 yilda kompaniya 61,2 mln yo‘lovchini manziliga yetkazgani ta'kidlangan.
Rossiya aviakompaniyalari orasida birgina «Aeroflot» – umumiy reytingda 4 ball olishning uddasidan chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, 3 soatgacha parvozlar tasnifida aynan «Aeroflot» yetakchi deb topilgan. Kompaniya Rossiyaning 45 shahridan parvozlarni yo‘lga qo‘ygan. U 2015 yilda 26 mln kishiga xizmat ko‘rsatgan.
Fransiyaning Air France aviakompaniyasi xizmati «Aeroflot» kabi 4 ballga baholangan. Ushbu kompaniyaning sho‘'ba korxonasi hisoblangan Air France KLM aviakompaniyasiga xuddi shunday ball berilgan. 2015 yilda Air France – KLM konserni jami 89,8 mln kishini o‘ziga jalb eta olgan.
Germaniyaning Lufthansa aviatashuvchisi ham 4 ballga munosib ko‘rilgan.
Rossiyaning yana bir kompaniyasi S7 3,5 ball to‘play olgan. U xorij mamlakatlaridan tashqari, Rossiyaning o‘zida 67 ta shaharga parvozlarni amalga oshiradi. Kompaniya 2015 yilda 10,6 ml kishini tashigani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
13:10 / 01.11.2024