Xitoydagi dafn marosimida 30 nafardan ziyod kishi zaharlandi

Foto: Reuters
Xitoyning Sichuan provinsiyasida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida 2 kishi zaharlanib, hayotdan ko‘z yumdi, yana 30 nafari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi.
18 dekabr, yakshanba kuni Bachjun okrugidagi qishloqlardan birining aholisi o‘z qishloqdoshining dafn marosimida ishtirok etgan. Manbaga ko‘ra, ularga nonushtaga karam sho‘rva, guruch va turli marinadlar tortilgan. Shundan so‘ng yig‘ilganlar o‘zlarini yomon his qilib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
Shifokorlar ularga oziq-ovqatdan zaharlanish tashxisini qo‘yishgan. 3 kishi intensiv davolash bo‘limiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025