Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga. «Barselona» «Real» bilan oradagi farqni 3 ochkoga qisqartirdi
Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan Kataloniya derbsida «Barselona» o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Luis Suaresning dubli, Jordi Alba va Lionel Messi tomonidan kiritilgan gollar amaldagi chempionning yirik hisobdagi g‘alabasiga sababchi bo‘ldi. Mehmonlar Lopes Silvaning birgina goli bilan javob bergani amalda hech narsani o‘zgartirmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 34taga yetdi va 2-o‘ringa yana qaytdi. Endi jamoa «Real»dan 3 ochko ortda qolmoqda. «Espanol» esa 9 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini tugatgandan keyin 22 ochko bilan 9-pog‘onada qolmoqda.
Chempionatning yana ikkita uchrashuvida «Deportivo» «Osasuna»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Leganes» «Eybar» bilan durang natija qayd etdi.
Ispaniya la-Ligasi, 16-tur
Barselona – Espanol 4:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Suares, 2:0 – 67 Suares, 3:0 – 68 Alba, 3:1 – 79 Lopes Silva, 4:1 – 90 Messi.
Barselona: ter Shtegen, Suares, Pike, Alba, Buskets (Umtiti, 74), Maskerano, Suares (Rafinya, 66), Serdji Roberto, Inesta, Neymar, Messi.
Espanol: Lopes (Roberto, 53), Lopes, Reyyes, Karikol, Diop, Xavi Fuego, Xurado, Lopes Silva, Pyatti (Reyyes, 79), Kaysedo (Melendo, 71), Moreno.
Ogohlantirishlar: Pyatti (10), Karikol (13), Kaysedo (65).
Leganes – Eybar 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Gerrero, 1:1 – 76 Bebe.
Leganes: Yago Errerin, Bustinsa, Insua, Timor, Marin, Adames, Peres (Barrios, 29), Ramos (Lopes, 68), Pires, Machis, Gerrero (Lusiano, 85).
Eybar: Yoel, Arbilya, Galves, Lejyen, Luna, Leon, Eskalante, Dani Garsiya (Gonsales, 46), Inui (Bebe, 70), Enrik, Penya (Kike, 57).
Ogohlantirishlar: Inui (34), Timor (59), Gonsales (62), Marin (89).
Chetlatish: Yago Errerin (26).
Deportivo – Osasuna 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Andone, 2:0 – 42 Babel.
Deportivo: Titon, Xuanfran, Albentosa, Sidney, Navarro, Gilerme, Borxes, Xil (Gama, 72), Cholak, Babel (Moreno, 90), Andone (Xoselu, 80).
Osasuna: Peres, Berenger, Bonnin, Garsiya Subiriya, Ivan Markes, Klerk, de la Kuevas (Kodro, 72), Torres, Chaushich, Merida (River, 46), Leon.
Ogohlantirishlar: de la Kuevas (52), Xuanfran (66), Ivan Markes (73), Klerk (79).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025