Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutko Odil Ahmedovning doping nazoratidan o‘ta olmaganini yashirgan bo‘lishi mumkin
Foto: Sport.ru
Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridining fikriga ko‘ra, Maklarenning rus sportidagi doping mojarolari borasidagi hisobotida faqatgina bir holat Mutko bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sports Integrity Initiative nashri bergan xabarga ko‘ra, gap «Krasnodar» va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov haqida ketmoqda. Mutko Ahmedovning ijobiy natija bergan doping tekshiruvi natijalarini yashirishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, FIFA RFI prezidenti axloq bo‘yicha tergov palatasi Mutkoga nisbatan surishtiruv ishlari boshlangani haqidagi xabarni inkor etib chiqqandi. Mutkoning o‘zi ham FIFAdan hech qanday surishtiruv ishlari bo‘yicha bildirishnoma olmaganini bildirgan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024