Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisi shifoxonada jon berdi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o‘qotar quroldan olingan jarohatlar tufayli shifoxonada jon taslim qildi. Bu ma'lumot Turkiyadagi NTV telekanali orqali tarqatildi.
Hozircha Rossiya tomoni bu ma'lumotni tasdiqlamadi.
Qurollangan shaxs Anqarada tashkil etilgan "Rossiya turklar nigohida" nomli fotoko‘rgazma o‘tayotgan galereya ochilishi vaqtida hujum uyushtirgan. U ko‘rgazma qo‘riqchilaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.
Karlov o‘z nutqini tugatishi bilanoq qotil unga ortdan turib o‘q uzgan.
Bu suiqasd vaqtida yana bir diplomatik xodim jiddiy jarohat olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Keyinroq uning ham jon bergani ma'lum bo‘ldi.
Hurriyet nashri voqea joyidan suratlarni namoyish qilgan.
Suratlardan birida qotilning yuzi aniq ko‘rinadi.

Jinoyatchi elchini va elchixona xodimini otganidan keyin osmonga o‘q uzib, hammadan binoni tark etishni so‘ragan. Hujum vaqtida yana 3 kishi jarohatlangan. Qotil soxta politsiya jyetoniga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024