Tennischi Marrey Buyuk Britaniyaning yil sportchisi deb topildi

Tennischi Endi Marrey BBC talqini bo‘yicha, Buyuk Britaniyada yil sportchisi deb topildi.
"Joriy yil butun britan sporti uchun a'lo darajada o‘tdi. Men bunga daxldor ekanimdan faxrlanaman. Endi rafiqam bilan gaplashib olsam ham bo‘ladi, bir soat oldin u boshqa sportchiga ovoz berganini aytdi", deb izoh bergan Marrey.
Marrey Professional tennischilar uyushmasining yakuniy reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Tennischi 2016 yilda Riodagi Olimpiadani, Uimbldon musobaqasini yutdi hamda Fransiya va Avstraliya ochiq chempionatlari finaligacha yetib bordi.
BBC talqiniga ko‘ra, qirollikning yil jamoasi "Lester" futbol klubi bo‘ldi, klub bosh murabbiyi Klaudio Raneri esa yil murabbiyi deb topildi.
Mavzuga oid

23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?

11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025