Turkiya Kayseridagi teraktda halok bo‘lgan askarlari bilan vidolashdi
Turkiyaning Kayseri shahrida shanba kuni halok bo‘lgan 14 askar bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Marhumlarning barchasi 2000-yillarning boshida tug‘ilgan bo‘lib, mash'um kunda majburiy harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lgan. Kayseri shahridagi harbiy-havo bazasida o‘tgan vidolashuv marosimidan keyin halok bo‘lgan askarlar tanasi ularning ona shahriga yetkazilgan.
Marosimda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim, Bosh muxolifat xalq partiyasi raisi Kamol Qilichdor o‘g‘li, Milliy harakat partiyasi raisi Davlat Baxcheli, bosh vazir o‘rinbosarlari Nuriddin Chanikli va Tug‘rul Turkesh, Buyuk Ittifoq partiyasi raisi Mustafo Destichi, Harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Bulent Bo‘ston o‘g‘li, Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general Obiddin O‘nal, Jandarmeriya qo‘mondoni general Yashar Guler va halok bo‘lganlarning qarindosh-urug‘lari ishtirok etishdi.
17 dekabr, shanba kuni Turkiyaning Kayseri shahrida joylashgan universitet yaqinida avtobus portlagan. Buning natijasida 14 nafar askar halok bo‘lgan, 55 nafardan ortiq kishi jarohat olgan, ma'lum bo‘lishicha, bulardan 12 nafarining jarohati jiddiy.
Politsiya mazkur terakt yuzasidan 15 gumondorni qo‘lga oldi.
Hujumdan keyin Anqaradagi Prezident qarorgohida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raisligida shoshilinch yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan davlat rahbari terrorizm o‘choqlarining yo‘q qilinishi yo‘lida barcha davlat resurslarini ishga solishini ta'kidladi. Shuningdek Erdo‘g‘an bundan avval Beshiktoshda sodir etilgan teraktlarni ham eslab o‘tdi.
Bundan tashqari, Turkiya rahbari bu hujumlarning Iroq va Suriyadagi hujumlardan farq qilmasligi hamda terrorizmga qarshi kurashda birlashish vaqti kelganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024