Jahon | 18:21 / 20.12.2016
3646
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi eng yirik banklardan birini 7 milliard dollarlik jarimaga tortdi

Foto: Google image

AQSh adliya vazirligi Credit Suisse bankiga 5-7 milliard dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Bu holat 2008 yilgi moliyaviy inqiroz boshida sifatsiz ipoteka obligatsiyalarining sotilishi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Reuters.

Ba'zi bir mutaxassislarning fikricha, vazirlik va bank o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish maqsadidagi bunday jarima miqdori  ancha yuqori bo‘lib chiqdi. Shu sababdan Credit Suisse jarima hajmini kamaytirish borasida muzokaralar o‘tkazish niyatida.

«Credit Suisse eng yaxshi qarorga kelinishiga ishonadi», - deb xabar berdi bank doirasidagi manba.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar natija bermasa, AQSh yuridik organlari bankni sudga berishi mumkin.

Nashr esa masala bu haftadayoq ijobiy hal etilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan.

Avvalroq, AQSh adliya vazirligi vakillari Credit Suisse bankiga nisbatan jarima sanksiyalari yangi prezident ma'muriyati hokimiyat tepasiga kelguniga qadar to‘xtatilib turishi mumkinligi haqidagi taxminlarni ilgari surishgandi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid