Jahon | 08:21 / 20.12.2016
6408
2 daqiqa o‘qiladi

Chavusho‘g‘li: Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishi ikki tomonlama munosabatlarga ta'sir ko‘rsatmaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Anqarada rossiyalik elchi Andrey Karlovga suiqasd qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko‘rsatmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda. 

«Bu pastkashlik, ishonamanki, bizlarning munosabatlarimizga va terrorizmga qarshi kurashishimizga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi», — degan vazir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qotillik bo‘yicha qo‘shma tergov ishlarini olib borishni taklif etgan. 

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident Erdo‘g‘an bilan suhbatida qo‘shma tergov olib borishni taklif qilgan. Erdo‘g‘an bunga rozilik bildirgan. Rossiya mutaxassislari surishtiruv ishlarida ishtirok etish uchun yaqin orada Turkiyaga keladi», — deb xulosa qilgan Chavusho‘g‘li. 

Ayni vaqtda, Turkiya tashqi ishlar vaziri, Rossiya va Eron TIV rahbarlari bilan uch tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqaradagi ko‘rgazma chog‘ida otib ketilgan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid