Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotalik o‘g‘ri jabrdiydaga insof qildi (Video)
Olmaotada o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan iPhone’ni uning egasidan muloyim xabar olgandan keyin unga qaytarib bergan. Jabrdiyda shahardagi bir nechta restoranlar direktori, taniqli tadbirkor Kuanish Sho‘nbay bo‘lgan. U o‘zi bilan yuz bergan bu noodatiy hodisa haqida Tenginews.kz nashri muxbiriga so‘zlab berdi.
"Men do‘stlarim bilan kompyuter klubida o‘ynab o‘tirib, o‘yinga chalg‘ib ketdim. Telefonim divanda mening o‘ng tomonimda yotgandi. Ko‘rinishicha, o‘g‘ri bundan foydalanib telefonimni o‘g‘irlab ketgan. Telefon o‘g‘irlab ketilganini bilishim bilan kuzatuv kamerasidagi videoni ko‘rib chiqdim. So‘ngra " iPhone’ni topish" funksiyasida "Hurmatli o‘g‘ri, menda sen qayd qilingan video bor. Iltimos menga telefonimni qaytib ber. Uni mening istalgan restoranimdan birida qoldirib ketishing mumkin", deb yozdim. So‘ngra o‘g‘irlik haqida politsiyaga ariza berdim", deb voqeani so‘zlab berdi tadbirkor.
Ertasiga restoratorga o‘g‘rining qarindoshlari chiqib, voqea uchun undan uzr so‘rashgan. Ular telefonni egasiga qaytarib berishgan. "Endi arizamni qaytib olmoqchiman, men uni kechirdim", deb aytgan Sho‘nbay.
Apple qurilmalarida uni izlovchi funksiya mavjud. O‘g‘irlangan iPhone’ni xarita orqali topish mumkin.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
09:03 / 21.04.2025