Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi
«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqiniga ko‘ra, 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritadi.
Mundo Deportivo nashri bergan xabarga ko‘ra, Ronaldu bu safar ham xuddi «Oltin to‘p» sovrinida bo‘lgani kabi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Atletiko» futbolchisi Antuan Grizmanni bu so‘rovnomada ortda qoldirgan. Ammo bu safar portugaliyalik futbolchi u qadar katta farq bilan g‘alaba qozona olmagan.
FIFA sovrinlarini topshirish marosimi 9 yanvar kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi. Ronaldu uchun bu FIFAning ikkinchi bosh sovrini sanaladi. U 2008 yilda ham shu sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yildan FIFA va France Football o‘z sovrinlarini alohida topshirishni boshlaydigan bo‘ldi. 2010 yildan boshlab kelishuvga asosan sovrinlar umumlashtirilgandi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024