Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin birinchi qonunni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari kuni to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Davlat rahbari tomonidan 19 dekabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun matni 20 dekabr kuni «Narodnoye slovo» va «Xalq so‘zi» gazetalarida e'lon qilingan.

6 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilingandi.
Hujjat Oliy Majlis Senati tomonidan 13 dekabr kuni tasdiqlandi.
Prokuratura organlari xodimlari kuni 8 yanvarda nishonlanadi — 1992 yil 8 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan.
Sentyabr oyida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida bir qator qonunlarni imzolagandi.
Mavzuga oid
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
11:10 / 18.03.2025