Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva shahar dumasi Islom Karimovga haykal o‘rnatish taklifini ma'qulladi
Moskva shahar dumasi deputatlari 21 dekabr kungi yig‘ilishda Rossiya poytaxtida Islom Karimov uchun haykal o‘rnatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.
Yig‘ilishda Moskva meri o‘rinbosari Leonid Pechatnikovning shaharda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha taklifi ko‘rib chiqilgan.
Islom Karimovga haykal o‘rnatish taklifi bilan Moskva hokimiyatiga shu yilning oktabrida O‘zbekiston elchixonasi murojaat qilgandi.
Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish masalasi shahar dumasi huzuridagi monumental san'at komissiyasining 8 dekabrdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgandi va komissiya a'zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingandi.
Yodgorlik Polyanka ko‘chasi yaqinida, elchixona oldida joylashgan, Islom Karimov nomidagi xiyobonda o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Haykaltaroshlik ishlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladi, hududdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari xarajatlari Moskva byudjyeti tomonidan qoplanadi.
1 noyabr kuni Moskva hokimiyati Prezidiumi Yakimanka tumanidagi xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
O‘zbekistonda Islom Karimovning haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov tashkil etiladi
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?
12:25 / 30.01.2025