Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino nima uchun Xitoydan beriladigan har qanday taklifga rozi bo‘lmasligiga izoh berdi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytardi.
«Menga yangi shartnoma taklif qilishdi? Yo‘q, ular bu ishni qilishmaydi! Men ham buni hisobga olayotganim yo‘q. Chunki qo‘limda 3 yillik shartnoma bor.
Shunga qaramay, klub rahbarlari bilan muzokaralar olib borganimda, ular meni uzoq muddatlik loyihaga mo‘ljallashganini his qilganman. O‘shandan buyon bu yerda 3 yildan ortiqroq vaqt qolishimga ishonib kelganman.
Ular meni «MYu»dagi barcha jabhalarda o‘z ishimni yoqtirgan holda bajarayotganimni yaxshi bilishadi. Ular qachondir menga yangi shartnoma taklif qilishlarini va men unga imzo chekishimni bilishadi. Bu borada menga hech qanday maslahatchi kerak emas, sababi bu yerdagi hamma narsa menga ma'qul kelmoqda.
Xitoy futbolidagi pullar hammani o‘ziga jalb qila olmoqda, ammo men futbolni eng yuqori darajadagi ko‘rinishini ko‘proq yaxshi ko‘raman. 53 yoshimda Xitoyga ketish uchun juda yoshlik qilaman», — degan Mourino.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025