Fan-texnika | 17:31 / 21.12.2016
10523
1 daqiqa o‘qiladi

«Super Mario Run» o‘yini rekord o‘rnatdi

Foto: REUTERS

Nintendo kompaniyasining «Super Mario Run» o‘yini yuklab olish miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

iOS’ga mo‘ljallangan «Super Mario Run» 15 dekabr kuni 151 mamlakatda chiqarildi. Sensor Tower ma'lumotlariga ko‘ra, uni to‘rt kun davomida 25 million marotaba yuklab olishgan. Taxminiy daromad 21 million dollar deb baholandi.

Biroq Nintendo aksiyalari sotuvlar boshlanganidan keyin 11 foizga arzonlashgan, sababi o‘yin bir qator salbiy munosabatlarga sabab bo‘ldi. Aksariyat foydalanuvchilar 9,99 dollar miqdoridagi bir martalik to‘lovdan norozi bo‘lishmoqda.

Sensor Tower’da ta'kidlanishicha, «Mario» katta ehtimol bilan dunyodagi eng ommabop o‘yin franshizasiga aylanadi. Biroq uni o‘ynab ko‘rganlarning atigi 8 foizi xaridni amalga oshirishga qaror qiladi.
 

Mavzuga oid