Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada Messi yil sportchisi deb topilmadi
Tennischi Xuan-Martin del Potro Argentinada yil sportchisi deb topilib, "Olimpiya-de-Oro" mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu mukofot sport jurnalistlari orasida o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshisi deb topilgan sportchiga topshiriladi. Del Potro bu mukofotga ikkinchi marta ega bo‘lmoqda. 2016 yilda u Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada kumush medal oldi, shuningdek jamoa bahslarida Devis Kubogini qo‘lga kiritdi.

"Messi ham bu mukofotga loyiq edi. U bu yilda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. Ehtimol, men bu mukofotni olganim adolatsizlik hamdir. Ammo bilamanki, biz hammamiz mamlakatimiz uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz", deya del Potroning so‘zlarini keltirgan La Nacion.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra del Potro milliy terma jamoa hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi JCh-2018 saralashi doirasidagi oxirgi uchrashuvdan keyin terma jamoa futbolchilari bilan birga jurnalistlar qarshisida chiqqan va bundan keyin terma jamoa futbolchilarining hech biri jurnalistlar bilan gaplashmasligi haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
00:15 / 26.11.2020
Messi: «Diyego biz bilan qoladi, chunki u abadiy»
20:28 / 23.11.2020
Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi
00:32 / 23.10.2020
«Krishtianu «Real»da ekanligida «El Klasiko» o‘zgacha o‘tardi» – Messi Ronaldu bilan raqobati haqida gapirdi
18:04 / 28.09.2020