Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda lochin bilan ov qilishga o‘rgatuvchi maktab ochildi
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida lochin bilan ov qilish an'analariga, uning me'yor va axloqlariga o‘rgatuvchi dunyodagi ilk maktab ochildi. Maktab Muhammad bin Zayd (Abu-Dabi valiahd shahzodasi va BAA qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Al Nahayyan ismi) nomi qo‘yildi.
Maktabni ochishdan maqsad kelajak avlod uchun ham Amirliklarning, ham butun Arabiston yarimorolining merosi va tarixini saqlab qolishdan iborat. Maktabda lochin bilan ov qilishning rolidan xabardorlik, uning san'at va butun insoniyat uchun meros sifatidagi ahamiyatini o‘qitish bilan shug‘ullaniladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar an'anaviy xalq asboblaridan foydalangan holda cho‘lda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025