Jahon | 14:30 / 22.12.2016
5924
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi maxsus xizmatlar qit'a davlatlarida navbatdagi teraktlar ro‘y berishi ehtimolidan ogohlantirgan

Yevropa Ittifoqi davlatlarining milliy politsiya xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi Yevropol Fransiya, Germaniya, Belgiya va Shimoliy Yevropa davlatlarida Rojdestvo bayramlari vaqtida teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirgan. RIA Novosti Gretsiya huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berilishicha, tegishli davlatlarning maxsus xizmatlariga tegishli ogohlantirishlar yo‘llangan.

«Dekabr oyi boshidayoq shunday ogohlantirishlar yuborilishi boshlangan. Fransiya, Berlin, Bryussel, Shimoliy Yevropa davlatlari poytaxtlari ro‘yxatda bor. Yevropol ehtimoliy teraktlar Rojdestvo va Yangi yil bayramlari kunlarida teraktlar ro‘y berishi mumkinligini bildirgan», — deya manbaning so‘zlari keltirilgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, Berlindagi terakt yuz berishidan oldinoq Germaniya shunday ogohlantiruvni olgandi.

19 dekabr kuni Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasida yig‘ilgan kishilar ustiga bostirib borishi orqali terakt sodir etildi va 12 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt ijrochisi hali ushlanmadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid