Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR NATOning talabini rad etdi
Shimoliy Koreya NATOning Pxenyandan o‘z raketa-yadro dasturini to‘xtatishga chaqirgan bayonotiga rad javobini qaytardi. Bu haqda Markaziy Telegraf agentligi xabar bergan.
KXDRdagilar NATOning rasmiy vazifasi Shimoliy Atlantika hududida xavfsizlikni ta'minlash bo‘lgani holda, Koreya yarim orolidagi vaziyatga "burnini tiqishi"dan taajjubga tushmoqda.
Pxenyandagilarning qayd etishicha, bunday talabni ilgari surish orqali "NATO bu harbiy-siyosiy blok AQShning qo‘g‘irchog‘i" ekanini bildirib qo‘ydi.
Bundan tashqari, KXDR rahbariyatidagilar bu tashkilot Janubiy Koreyada so‘nggi kunlarini o‘tayotgan Pak Kin Xe rejimiga xizmat qiladi degan fikrda.
Markaziy Telegraf agentligi ma'lumotiga ko‘ra, NATO alyansi rahbariyati 15 dekabr kungi yig‘ilishida KXDRning raketa-yadro dasturini qoralab chiqqandi. Bayonotda Pxenyan bu sohada «BMT Xavfsizlik kengashi belgilagan xalqaro normalarni buzayotgani» qayd etilgandi.
Shu yilning 6 yanvar kunida Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qilgandi. 7 fevral kuni esa Shimoliy Koreya raketa tashuvchisi sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqani ma'lum qilindi.
Shundan so‘ng, BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan yadro sinovi o‘tkazilishiga nisbatan rezolyutsiya bo‘yicha javob choralarini qo‘lladi.
Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari o‘tkazishini AQShning agressiv siyosatidan mudofaalanish sifatida baholaydi. Raketa tashuvchisi uchirilishini esa kosmosni tinch o‘rganish sifatida tushuntiradi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025