Jamiyat | 20:40 / 22.12.2016
9015
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada "plastmassa guruchlar" musodara qilindi

The "plastic rice" looks very realistic

Nigeriya bojxona xizmati Lagos shahrida bir tadbirkordan sotish uchun mo‘ljallangan 2,5 tonna "plastmassa guruchlar"ni musodara qildi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Bojxona xizmati rahbari Xaruna Mamuduning ayitishicha, bu "soxta mahsulot" mamlakat bozorlarida bayramlar vaqtida sotilish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.

Uning ta'kidlashicha, soxta guruch qaynatilgandan keyin yopishqoq bo‘lib qolgan va agar uni odamlar iste'mol qilganda nima bo‘lishi mumkinligi hech kimga ayon emas. 

Bojxonachilar bu guruch qayerda ishlab chiqarilganini bilishmasligini, biroq shunday hodisa haqida 2015 yilda Xitoyda ma'lum qilinganini ta'kidlab o‘tdilar.

Ta'kidlanishicha, guruch Nigeriyada eng mashhur oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid