Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMTning Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatni surishtirishga oid rezolyutsiyasiga ovoz bermadi
BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Suriyadagi harbiy jinoyatlarni isbotlash uchun dalillar yig‘adigan va keyinchalik javobgarlarni aniqlab ularni javobgarlikka tortish maqsadida maxsus mexanizm ishlab chiqish yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.
Ushbu rezolyutsiyani ma'qullab 105 mamlakat ovoz bergan, 15 davlat rezolyutsiyaga qarshi, yana 52 davlat vakillari esa betaraf qolgan. O‘zbekiston bu ovoz berishda ishtirok etmadi.

Yangi tuziladigan organ avval tuzilgan Suriyadagi jinoyatlarni tergov qiluvchi mustaqil komissiya bilan hamkorlik qiladi.
Rezolyutsiya loyihasi Lixtenshteyn tomonidan 58 davlat bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, ular qatorida AQSh, Fransiya, Britaniya, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar bor.
O‘zbekiston Qrim masalasi bo‘yicha Rossiyaga qarshi BMT rezolyutsiyasi qabul qilinishiga "yo‘q" dedi
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
10:48 / 22.05.2025