Jamiyat | 08:26 / 23.12.2016
12305
2 daqiqa o‘qiladi

Erkak jarrohlik operatsiyasi qilinayotgan vaqtda saksofonda kuy ijro etdi

Foto: Hospital Regional de Malaga / Wikono

Odatda, jarrohlik operatsiyasidan o‘tayotgan bemor narkoz ta'siri ostida bo‘ladi hamda shu sababli hech narsa sezmaydi va qimirlamay uxlaydi. Biroq Karlos Agilera ismli mashhur saksofonchi bu tasdiqni "chippakka chiqardi".

Karlos saksofonda musiqani ajoyib ijro etishi bilan butun dunyoga tanilgan. Yaqinda u bosh miyasida operatsiya o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Operatsiya naqd 12 soat davom etgan. Shifokorlar musiqachining boshidan o‘simtani olib tashlayotgan bir paytda, u o‘zining sevimli musiqa asbobida musiqalar ijro etib, o‘zi va jarrohlarning kayfiyatini ko‘tarib turdi.

Musiqachining aytishicha, bunday improvizatsiya unga bosh chanog‘i ochilib, miyasi bilan "nimadir qilishayotgani" fikrini "bir chetga surib turishiga" imkon bergan.

Shunga o‘xshash hodisa yozda sodir bo‘lgandi, o‘shanda sloveniyalik tenor bosh miyasidan o‘simta olib tashlanayotgan vaqtda ariyalar ijro etgan. 

Bu shifokorlar yoki bemorning xarxashasi deb o‘ylamang. Bu usul jarrohlarga bemorning xatti-harakatida istalgan o‘zgarishni aniq nazorat qilishga imkon beradi. Ayniqsa, bu usul bemorda a'lo darajada chiqadigan harakatlarni tahlil qilishda samaralidir. Misol uchun, musiqachining benuqson kuy ijro etishini. 

Mavzuga oid