Sport | 17:44 / 23.12.2016
4179
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi barcha rossiyalik sportchilarning doping namunalarini qayta tekshiradi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning bayonot berishicha, tashkilot 2010, 2012 va 2014 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan barcha rossiyalik sportchilarning doping namunalarini qayta tekshiradi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, XOQ Butunjahon dopingga qarshi agentlik (WADA) mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren hisoboti bilan qanoatlanmaydi va ushbu musobaqalarda ishtirok etgan barcha rossiyalik sportchilarning doping namunalarini qayta tahlildan o‘tkazadi. 

«Bu Maklaren hisobotining mantiqiy davomi bo‘ladi», — deya Bax so‘zlaridan iqtibos keltirgan HOQ sayti. 

XOQ 2014 yilgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan 28 nafar rossiyalik sportchining doping namunasida hiylalar qo‘llanilgani aniqlanganidan so‘ng, ularga nisbatan intizomiy harakatlarni boshlagan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid