Sport | 14:32 / 23.12.2016
11813
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yangi mavsum uchun ilk katta transfer amalga oshirildi

«Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Oskar «Shanxay Telleys» klubiga o‘tdi. Bu haqda londonliklar jamoasi rasmiy sayti ma'lum qilgan.

Transfermarkt.de ma'lumotiga ko‘ra, ushbu transfer qiymati 61 mln. yevroni tashkil etgan.

The Times ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik bu futbolchi yiliga 20 million funt (haftasiga 400 ming funt, soliqlar chiqarib tashlangandan keyin haftasiga 90 ming funt) miqdorida maosh oladi.

«Chelsi» safida Oskar 203 uchrashuv o‘tkazgan va bu uchrashuvlarda 38 marta gol urgan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan oyda xitoyliklar jamoasiga muqaddam «ko‘klar» jamoasida Oskarga ustozlik qilgan Andre Villash-Boash bosh murabbiy bo‘lgandi.

Oskar 2017 yilning yanvarida yangi jamoasi safiga qo‘shiladi. 25 yoshli futbolchi Xitoy klubi safida 4,5 yil to‘p suradi. 

Mavzuga oid