Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi pirotexnika bozorida ro‘y bergan portlashda kamida 120 kishi jabrlangan
Meksikaning Mexiko shtatidagi pirotexnika bozorida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 120 kishi jabrlandi. Bu haqda qurbonlarga yordam berish bo‘yicha federal komissiyasi xabar bergan.
Meksika hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, fojia sabab 35 kishi halok bo‘lgan, ularning 26 nafari voqea joyining o‘zida jon taslim qilgan. To‘qqiz kishi esa kasalxonada olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi. Ayni damda jarohatlanganlarning 50 nafari hamon kasalxonalarda qolmoqda.
"Komissiya mutaxassislar guruhi ayni paytga qadar Mexiko shtatining Tultepeke shahridagi San-Pablito bozorida 20 dekabr kuni yuz bergan portlash sabab jabrlangan 120 kishining 80 nafar yaqiniga yordam ko‘rsatdi", - deyiladi komissiya bayonotida. Gap yuridik, ma'muriy, ruhiy va shifokorlar ko‘magi haqida bormoqda.
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto esa chorshanba kuni hukumat bozorni tiklash uchun barcha kerakli ishlarni amalga oshirishi haqida ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, davlat rahbari Mexiko shtati gubernatori va mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri bilan birga portlash sabab jarohat olganlarni borib ko‘rgan. Meksika rahbari jarohat olgan barcha fuqarolarga, shuningdek, o‘z yaqinlarini yo‘qotganlarga tegishli yordam ko‘rsatish haqida buyruq berdi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025