Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi savdo markazida xitoylik ishbilarmonning jasadi topildi
Moskva shahrining janubi-sharqida joylashgan savdo markazida xitoylik ishbilarmonning jasadi topildi. Rossiya Federatsiyasi Tergov Komissiyasi bosh boshqarmasining Moskva shahri vakili Yuliya Ivanovaning TASS agentligiga xabar berishicha, mazkur voqea yuzasidan tergov organlari tekshiruv ishlarini boshlab yuborishgan.
Ivanovaning so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha Tixoretskiy bulvaridagi savdo markazidan xitoylik ishbilarmonning jasadi topilgan. Ishbilarmon bu yerdagi idorani ijaraga olgan bo‘lgan.
"Erkakning jasadi topilganidan keyin tergov oldi tekshiruvi boshlandi, sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi", - dedi Ivanova.
Huquq-tartibot organlaridagi manba ma'lumotiga ko‘ra, gap Moskvada tadbirkorlik bilan shug‘ullangan XXR fuqarosi haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025