Sport | 09:44 / 23.12.2016
13690
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyalik yakkakurash jangchisi Nurmagomedovning keyingi raqibi ma'lum bo‘ldi

Foto: Google image

Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov o‘zining keyingi jangini 2017 yil 3 martda Las-Vegasda o‘tadigan UFC 209 musobaqasida o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh promoushen boshlig‘i Dana Uayt yaqin orada Nurmagomedov bu musobaqada Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazishini e'lon qiladi. 

Ayni vaqtda yengil vaznda ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi reytingning 1-raqamli jangchisi hisoblanadi, uning raqibi esa 2-o‘rinni egallamoqda. Bu vazn toifasida irlandiyalik mashhur jangchi Konor Makgregor chempion hisoblanadi, biroq u 2017 yil yozigacha tanaffus qilishga qaror qilgan

Toni Fergyuson Habib uchun raqiblar orasida Makgregordan keyingi raqib sifatida qaralayotgandi. 28 yoshli Habib UFC’ga chempionlik kamari va eng yaxshi jangchilar bilan kurashgani kelganini bir necha marotaba aytgan. 
Makgregor o‘z chiqishlarini 2017 yil yozigacha to‘xtatib turishini aytgandan keyin, rossiyalik jangchi vaqtinchalik jahon chempioni unvoni uchun o‘z divizionidagi hozirgi kundagi eng kuchli jangchi Fergyusonga qarshi jang qilishga qaror qildi. 

Hozirda ikkala sportchi ham ajoyib mag‘lubiyatsiz seriyaga ega: amerikalik jangchi 9 jangdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda, rossiyalik jangchi esa nafaqat oxirgi 8 ta jangida, balki umuman birorta mag‘lubiyatga uchramagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid