Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp vakili AQSh saylangan prezidentining yadro salohiyati haqidagi so‘zlariga izoh berdi
AQSh saylangan prezidentining vakili Jyeyson Millerning aytishicha, Donald Trampning AQSh yadro salohiyatini yanada kuchaytirish haqidagi so‘zlarini noto‘g‘ri tushunishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu bilan yadro qurolini tarqatmaslik, ayniqsa, terrorchi tashkilotlar ixtiyoriga tushib qolmasligi bo‘yicha mavjud choralarni davom ettirish zarurligini nazarda tutgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
«Bu so‘zlar yadroviy qurollar tarqalishiga oid tahdidlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Tramp so‘zlari, ayniqsa, terrorchilik tashkilotlari va beqaror hamda firibgar tuzumlarga oiddir», - degan Miller jurnalistlar bilan uchrashuvida.
22 dekabr kuni Donald Tramp Twitter sahifasida, «dunyo yadro quroliga nisbatan qarashini o‘zgartirmas ekan», Qo‘shma Shtatlar o‘z yadro salohiyatini kuchaytirishi lozim degan fikrlarni yozgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025