Jahon | 18:32 / 24.12.2016
13595
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriya shimolida yangi davlat yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Shimoliy Suriya hududidagi barcha ehtimoliy muxtoriyatlarga qarshi chiqishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar bergan.

«Turkiya Suriya shimolida yangi davlat yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi», - deya aytib o‘tdi u Istanbuldagi tashqi iqtisodiy aloqalar Kengashi yig‘ilishida.

Turk qo‘shinlari Suriya shimolida harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. Uning maqsadi esa – chegara atrofidagi hududlarni radikal kuchlardan tozalashdir. Biroq, mahalliy kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, uning harakatlari qurollangan kurd isyonchilariga ham qarshi qaratilgan. Turkiyada ular terroristik deb tan olinadi. Suriyadagi kurd isyonchilari esa Damashqqa bosh egmaydi hamda o‘zining muxtor hududini tashkil etish tarafdoridir.
 

Mavzuga oid