Xitoyda taom taklif qiluvchi "aqlli" restoran ochildi
KFC tamaddixonalar tarmog‘ining Xitoydagi bo‘limi va mahalliy internet-xolding Baidu mijozning yuziga qarab unga taom taklif qiluvchi qurilma bo‘lgan "aqlli" restoran ochdi, deb xabar bermoqda TechCrunch.
Qurilma mijozning jinsi, yoshi va kayfiyatini aniqlay olib, so‘ngra olingan ma'lumotlar asosida taom taklif qiladi. Misol uchun, qurilma 20 yoshli yigitga lanchga tovuqli gamburger, qovurilgan tovuq qanotchalari va kola, 50 yoshli ayolga nonushtaga bo‘tqa va soyali sut taklif qiladi.
Restoranga tashrif buyuruvchilar istasalar bu taklifni qabul qilishlari yoki buyurtmani o‘zlari istagancha berishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma mijozlarni eslab qolib, ular keyingi safar kelganlarida avvalgi buyurtmani taklif qiladi.
KFC va Baidu bu texnologiyani bitta restoranda sinovdan o‘tkazmoqda, biroq u mijozlarga xush kelsa, uni boshqa restoranlarga ham tatbiq qilishi mumkin.
Mavzuga oid

10:06 / 30.03.2025
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi

11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda

20:43 / 24.03.2025
Yapon restorani aksiyalari narxi sho‘rvadagi o‘lik kemiruvchidan so‘ng tushib ketdi

16:15 / 27.01.2025