Sport | 08:54 / 24.12.2016
6286
1 daqiqa o‘qiladi

Ryabinskiy: Povetkinning yangi doping-namunasida doping aniqlanmadi

Foto:twitter.com/@Ryabinskiy

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning manfaatlarini bildiruvchi «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy tvitterda sportchining 13 dekabrda topshirgan yangi doping-namunasida taqiqlangan moddalar aniqlanmaganini ma'lum qildi.

"Povetkinning VADA’dagi (Ko‘ngilli tarzda dopingga sinovdan o‘tish uyushmasi) yangi namunalari natijasi keldi. Hammasi toza, hech qanday doping yo‘q", deb yozdi Ryabinskiy.

17 dekabrda Povetkinning WBC chempioni uchun kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi jangiga bir necha soat qolganda, rossiyalikning doping-namunasida ostarin moddasi aniqlangani ma'lum bo‘lgandi. Shu sababli Stivern jangdan bosh tortgan, uning o‘rniga esa fransuz Yoann Dyuop ringga ko‘tarilgan. Rossiyalik fransuzni 6-raundda nokautga uchratgan, biroq uchrashuv o‘rtoqlik maqomini olib, unda hech qanday unvon o‘ynalmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid