Fan-texnika | 15:22 / 25.12.2016
18296
9 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask muvaffaqiyati tarixi: Tesla 8 yoshda

Yakunlanayotgan yilda Tesla avtomobillari sezilarli darajada  o‘zgardi. InsiderPro nashri afsonaviy kompaniya taraqqiyotining asosiy bosqichlarini yodga oldi. 

2008 yilda Tesla o‘zining ilk elektron avtomobili — Tesla Roadster'ni ishlab chiqarib, butun dunyo e'tiborini jalb qildi. 

Roadster Sport bir martalik quvvatlanishda 400 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi va atigi 3,7 soniyada 100 km/s tezlikka erishdi. Uning asosiy to‘plamdagi bahosi 98 ming dollarni tashkil etdi. Kompaniya saytiga ishonadigan bo‘lsak, u dunyoning 30 mamlakatida 2,4 mingdan ortiq shu modeldagi mashinani sotishga muvaffaq bo‘lgan. 

2012 yilda Model S — dunyodagi birinchi elektrik sedan ishlab chiqarildi 

Avtomobil 5 soniya ichida 100 km/s tezlikka erishdi va bir zaryadda 425 km masofani bosib o‘tdi. Motor Trend's nashri 2013 yilda uni "yil mashinasi" deya e'tirof etdi. Biroq uning narxi arzon emasdi — Amerika soliq imtiyozlarini hisobga olmaganda 106,9 ming dollar.

2014 yil oxirida Model S ikki motorli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi — bu dunyodagi ilk ikki dvigatelli elektrokar edi. 

O‘sha yiliyoq Autopilot funksiyasi barcha modellar uchun standartga aylandi. Avtomobil uch versiyada ishlab chiqarildi: 60D, 85D va top P85D. Suratda so‘nggisi tasvirlangan. 

O‘shanda kompaniya blogida quyidagicha yozuv qoldirilgandi: "P85D 250 km/s tezlikda harakatlana oladi, 100 km/s'ga yetishi uchun atigi 3,2 soniya yetarli, bu McLaren F1 superkarini ortda qoldiradi deganidir".

P85D bir zaryadda 460 km masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, uning narxi esa 71,2 ming dollarni tashkil etdi, biroq joriy yilning fevralida bu model ishlab chiqarishdan olib tashlandi. 

2015 yilning boshida Tesla xaridorlarga Model S'ning uch yangi versiyasini taklif qildi: 70D, 90D va P90D.

Diqqatni P90D'ga qaratamiz — u Ludicrous rejimi bilan birga taqdim etiladi, u 100 km/s'ga atigi 2,8 soniyada yetadi. Mashina endigina paydo bo‘lgan vaqtda omma orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. U bir zaryadda 400 km'dan ziyod masofani bosib o‘tadi, maksimal tezligi esa - 250 km/s. 

Model S bahosi taxminan 66 ming dollardan boshlanadi. 

2015 yilning sentabrida Tesla zamonaviy uslubdagi ko‘tarma eshikli Model X'ni taqdim etdi.

Model X ham Model S kabi uch turli versiyada taqdim etiladi. Ularning eng arzoni qiymati 74 ming dollardan boshlanadi, eng ko‘p ishlab chiqariladigani esa bir zaryadda 400 km masofani bosib o‘ta oluvchi  P90D bo‘ldi. U Ludicrous rejimida 3,2 soniyada 100 km/s'gacha harakatlanadi. Maksimal teziligi esa - 250 km/s.

Model X'ni ishlab chiqarishda muayyan muammolar yuzaga keldi, shu bois u biroz kechroq taqdim etildi. 

Mart oyida Tesla kompaniyasi iste'molbop Model 3'ni namoyish qildi va oldindan deyarli 400 ming buyurtmani qo‘lga kiritdi.

Model 3 qiymati 35 ming dollardan boshlanadi, bu avtomobilni elektromobillar bozorida juda raqobatbardosh qiladi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bir zaryadda bosib o‘tiluvchi masofa - 350 km'ga yaqin, 100 km/s'ga esa u 6 soniyada erishadi. 

Bundan tashqari, Tesla rahbari modelning bozorga chiqariladigan payti - 2017 yil oxiri yoki 2018 yil boshiga  borib, bu ko‘rsatkichlardan-da o‘zib ketishga umid qilmoqda. Oldindan buyurtma qiluvchilar soni shu qadar ko‘payib ketdiki, ishlab chiqarishning birinchi yilidagi barcha avtomobillari band qilinib ulgurgan. 

Yaqinda Model S va Model X bir zaryadda harakatlanish masofasini uzaytiruvchi batareyalarga yangilandi.

Avgust oyida Ilon Mask Ludicrous rejimli Model S va Model X modifikatsiyalari yangi batareyaga ega bo‘ladi.

Model S u bilan 500 km'dan ortiq masofani bosib o‘tadi — bu bozordagi birinchi shunday elektromobil hisoblanadi; Model X esa - 465 km'ni. 

Yangilanish shuningdek Model S P100D'ga Ludicrous rejimida atigi 2,5 soniyada 100 km/s tezlikka erishish imkonini beradi. Bu modelni ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning uchinchi seriyali avtomobiliga aylantiradi. Model X 2,9 soniyada o‘t oladi va dunyodagi eng tezkor katta mashina hisoblanadi. 

Yangilanish u qadar arzonga tushmaydi: avtomobil egalari batareyani 20 ming dollarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi, yangi xaridorlarga esa u 10 ming dollarga tushadi.

Yakuniga yetayotgan yil Autopilot yili bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Yanvar oyida Tesla dasturiy ta'minotni 7.1 versiyasigacha yangiladi, buning natijasida Model S va Model X bir necha qiziqarli yarim avtonom funksiyalarga ega bo‘ldi. 

Yangilanish avtomatik tormozlash, harakat chizig‘ini almashtirish va ko‘rinmas zonada faollikdan ogohlantirish funksiyalarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek mashinalar ajratuvchi chiziqlar bo‘lmagan yo‘llarda harakatlanish, avtomobilni parallel joylashtirish hamda tirbandliklarni inobatga olgan holatda tezlikni nazorat qilishga "o‘rgatildi". 

Bu yangilanishning eng qiziq xususiyati — mashinani bir tugmani bosib chaqirish imkoniyati. Taqdimotga qadar uning Autopilot paketi qo‘shimcha 2,5 ming dollarni tashkil qildi. 

Sentyabrda 8-versiyadagi Autopilot funksiyasi yangilandi. 

Endilikda radar datchik ma'lumotlari yanada keng qo‘llanmoqda - ularning yordamida obektning xavfli yo xavfsiz ekanligini aniqlash mumkin. 

Maskning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil xavfsizlantirildi va yangi funksiyalar hattoki  may oyidagi YTHning ham oldini olgan bo‘lardi. Eslatib o‘tish joizki, joriy yilning may oyida Autopilot boshqaruvidagi mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashgan va buning natijasida haydovchi halok bo‘lgandi. Autopilot'ning narxi qimmatlashdi va uning yangi bahosi 3 ming dollarni tashkil qildi. 

Autopilot yangi bosqichga chiqmoqda: Mask Tesla mashinalari kengaytirilgan "avtopilot"ning barcha zarur jihozlariga ega bo‘lishi haqida e'lon qildi. 

Endilikda avtopilot Enhanced Autopilot, ya'ni "kengaytirilgan avtopilot" nomini oldi.

U avtomobilga tezlikni yo‘llardagi zichlikka muvofiq boshqarish, haydovchi boshqaruvisiz boshqa chiziqqa o‘tish, katta yo‘lga chiqish, shuningdek avtomobilni mustaqil ravishda joylashtirish imkon beradi. Bundan tashqari, avtomobil haydovchi chaqiruvidan keyin yanada murakkab harakatlarni bajarishga qodir. 

Mask mashinaning dekabr oyida yangilanishi haqida aytgandi - avval buni muvofiqlashtirish ishlari yakunlanishi kerak.  Yaqinda u o‘zining Twitter'dagi akkauntida Tesla xodimlarining sinov ishlarini tezroq yakunlash maqsadida dam olishsiz ishlayotganlari to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Shunday ekan, yangilanish tez orada ro‘y berishi kutilmoqda. 

Enhanced Autopilot narxi - 5 ming dollar.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, test yakuniga yetib, tasdiqdan o‘tganidan keyin mashina egalari yo‘llarda to‘liq mustaqil harakatlanuvchi avtomobillarga ega bo‘lishadi. 

Tesla mazkur texnologiyasi namoyishi uchun 2017 yilning oxirida Los-Anjyelesdan Nyu-Yorkka to‘liq avtonom rejimda harakatlanib, Qo‘shma Shtatlarni kesib o‘tadi.

Tesla yana uch elektron transport vositasini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda

O‘z rejasining ikkinchi qismida Mask Tesla komapniyasining to‘liq elektron boshqaruvli yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqarish rejasi bilan bo‘lishdi. Model 3'dan keyingi yengil mashina esa murakkab yo‘llarda harakatlanadigan elektron avtomobil bo‘ladi. Maskning aytishicha, so‘nggi modelga Model Y nomi berilishi mumkin.

 

Mavzuga oid